17 Mart 2022 1256

Oksana Chusovitina boshchiligidagi jamoamiz Misrdagi Jahon kubogida

Bugun Misr poytaxtida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi start oldi. Ahamiyatlisi, unda terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etadi. Tarkibda Doxadagi muvaffaqiyatidan so‘ng jahon nashrlarini yana bir bor larzaga solgan Oksana Chusovitina qatori yosh iqtidor egalarini ham uchratish mumkin. Jamoamiz tarkibi quyidagicha:

Oksana Chusovitina

Ominaxon Halilova

Dildora Aripova

Rasuljon Abdurahimov

Abdulla Azimov

Habibullo Ergashev

O‘tkirbek Jo‘rayev

Trenerlar: Elvira Rakova, Ravshan Mirzayev

Hakamlar: Stella Koshechkina, Otabek Masharipov.

Musobaqa 20 martga qadar davom etadi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Qohirada o‘tadigan Jahon kubogida ishtirok etuvchi jamoamizga omad tilaydi.

Text to speech