Ogʻir atletika: Gʻoliblar geografiyasi kengaymoqda
Xiva shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va kattalar oʻrtasida mamlakat birinchiligi qizgʻin davom etmoqda. Musobaqaning ikkinchi kunida kunida oʻsmirlar oʻrtasida 6 vazn toifasida bahslar oʻtkazildi. Ahamiyatlisi, unda har bir vazn toifasida gʻolib boʻlgan sportchilar turli viloyat vakillari ekani ushbu sport Respublikamizning barcha hududlarida birdek rivojlanayotganini koʻrsatmoqda. Ortda qolgan kunda gʻolib boʻlgan sportchilar va ular qayd etgan natija bilan tanishing:
Yigitlar:
-61 kg: Diyorbek Roʻzmetov (Xorazm) – 252 (115+137) kg
-67 kg: Ahliddin Hasanov (Fargʻona) – 246 (108+138) kg
Qizlar:
-59 kg: Sitora Koʻpaysinova (Buxoro) – 160 kg (70+90) kg
-64 kg: Mashkura Rustamova (Toshkent vil.) – 170 (75+95) kg
-71 kg: Dilnoza Fayzullayeva (Qashqadaryo) – 177 (82+95) kg
-76 kg: Madina Fayzullayeva (Surxondaryo) – 173 (57+77) kg
Bugun quyidagi vazn toifalarida bahslar oʻtkaziladi:
Yigitlar: -73 kg, -81 kg, -89 kg;
Qizlar: -81 kg, +81 kg.