FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 Mart 2022 2371

Oʻmon Milliy Olimpiya qoʻmitasi oʻzbek sporti yutuqlarini eʼtirof etdi

Oʻzbekistonning Oʻmon sultonligidagi elchixonasi xodimlari Oʻmon Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi Shayx Xolid bin Muhammad al-Zubair bilan uchrashishdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Suhbat davomida ikki mamlakat oʻrtasida sport sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, sport delegatsiyalarining oʻzaro safarlari doirasini kengaytirish, hamkorlikda qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish bilan bogʻliq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shayx Xolid bin Muhammad al-Zubair Oʻzbekiston jahon va Osiyo qitʼasidagi yetakchi sport mamlakatlaridan biri ekanini alohida taʼkidladi. “Oʻzbekiston xalqaro sport reytingida oʻziga xos mavqega ega. Shu nuqtayi nazardan, Oʻmon Oʻzbekiston bilan sport sohasida hamkorlik koʻlamini yanada faollashtirishdan manfaatdordir”, dedi u.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Oʻmon sultonligi MOQlari oʻrtasida 2021-yilning 26-mart kuni hamkorlik memorandumi imzolangan boʻlib, u boʻyicha qator ishlar olib borilmoqda. Endilikda ushbu aloqalarni rivojlantirish maqsadida ikki mamlakatning tegishli sport federatsiyalari oʻrtasida aloqalarni mustahkamlash, oʻzaro kelishuv memorandumi loyihasini tayyorlash va imzolash toʻgʻrisida ham oʻzaro fikr almashildi.

Ushbu memorandum sportchi va hakamlar mahoratini oshirish, tajriba almashish, sport mutaxassislari tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida turli dasturlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Text to speech