FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 Mart 2022 3462

Oʻzbek boksining yosh yulduzlari va mahoratli taekvondochilarimiz tantanali kutib olindi

Maʼlum qilganimizdek, bahor faslining ilk kunlarida oʻz yutuqlari bilan muxlislarimizga quvonch ulashgan boks boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarimiz, shuningdek, taekvondo boʻyicha kattalar jamoamiz bugun tong saharda Toshkentga qaytib kelishdi.

Qahramonlarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida munosib kutib olindi. Tadbirda Shahrullo Mahmudov boshchiligidagi Sportni rivojlantirish vazirligi mutasaddilari, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Sport yakkakurashlari boʻyicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi, Oʻzbekiston boks federatsiyasi va taekvondo assotsiatsiyasi xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xizmatchilari hamda harbiy orkestr, sportchilarimizning yaqinlari, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Katta tarkibdagi jamoalarimizning har biri alohida tantana bilan qarshi olindi. Tadbirda mutasaddilar sportchilarimizni qutlashar ekan, ular qayd etgan natija yosh avlodning sportga boʻlgan qiziqishini yanada orttirishga, mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sport targʻibotining oshishida ulkan hissa qoʻshishini taʼkidlashdi.

Eslatib oʻtamiz, yosh bokschilarimiz 1-14-mart kunlari Iordaniyada oʻtgan oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida munosib ishtirok etishdi. Unda ringga koʻtarilgan 49 nafar bokschimizning 46 tasida shohsupaga koʻtarildi. Shubhasiz, bunday natija bilan ular umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladilar. Qolaversa, taekvondochilarimiz 4-14-mart kunlari Eronda oʻtgan 3 ta xalqaro musobaqada 7 ta oltin, 6 ta kumush va 11 ta bronza, jami 24 ta medalga sazovor boʻlishdi.

Text to speech