FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
15 Mart 2022 2722

Iordaniya va Eron arenalarini zabt etgan qahramonlarimiz qaytishmoqda

1-14-mart kunlari Iordaniyaning Amman shahrida boks boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan 49 nafar yosh sportchimizning 46 tasi shohsupaga koʻtarilib, oʻzbek boksida yana bir tarixiy natija qayd etishdi. Shuningdek, 4-14-mart sanalarida Eronda klublar oʻrtasida Osiyo chempionati, “Fajr Open” va Osiyo taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi musobaqalari oʻtkazildi. Unda taekvondochilarimiz 7 ta oltin, 6 ta kumush va 11 ta bronza medaliga ega chiqishganidan xabaringiz bor.

Soʻnggi kunlar har ikki mamlakatda oʻtgan musobaqalardan kelgan xushxabarlar sportimiz muxlislarini xursand qilgani, shubhasiz. Mazkur turnirlar qahramonlari Vatanimizga qaytishmoqda. 15-martdan 16-martga oʻtar kechasi soat 02:00 da terma jamoalarimiz Toshkentga qaytib kelishadi. Qahramonlarimizni kutib olishni istagan muxlislar va OAV xodimlari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib qolamiz.

Text to speech