FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
15 Mart 2022 2487

Bekzod Abdurahmonovni tabriklaymiz!

Bugun erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Tokio-2020 sovrindori Bekzod Abdurahmonov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Bekzod Abdurahmonov 1990-yil 15-mart kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. Erkin kurash boʻyicha 2 karra Osiyo oʻyinlari gʻolibi, koʻp karra Osiyo chempioni va jahon chempionatlari sovrindori. Ahamiyatlisi, ushbu vakilimiz Incheon (2014) va Jakartada (2018) oʻtgan Osiyo oʻyinlarida delegatsiyamizning ilk oltin medallariga mualliflik qilgan. 2017-yil Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida ham shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilgan.

Rio-2016 Olimpiya oʻyinlarida bronza medali uchun kurashda imkoniyatni boy berib qoʻygan polvonimiz Tokio-2020 da xuddi shu bosqichda muvaffaqiyat qozonib, delegatsiyamiz hisobiga bronza medalini taqdim qildi. Koʻrsatgan natijalari uchun davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali va “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bekzod Abdurahmonovni tavallud kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr va mustahkam salomatlik tilab qoladi.

Text to speech