12 Mart 2022 1417

Gʻalaba qaytarib berildi!

Ammanda oʻtayotgan Osiyo chempionatining yoshlar oʻrtasidagi bahslarning yarim finali doirasida -54 kg vaznli Abduvali Boʻriboyev hindistonlik raqibiga qarshi jangda ajoyib harakat qilgan boʻlsada, yakunda hakamlar hind bokschisining gʻalabasini qayd etishdi.

Oʻzbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, federatsiya mutasaddilari mazkur jang natijasi yuzasidan “protest” berishdi. Jang qayta koʻrib chiqildi va yakunda Abduvali Boʻriboyev final yoʻllanmasiga ega chiqdi.

Shu tariqa yoshlar toifasida finalga yoʻl olgan bokschilarimiz soni 10 nafarga yetdi.

Text to speech