11 Mart 2022
1532
Ikki oʻzbekistonlik taekvondochining yoʻli finalda tutashdi
Eron poytaxti Tehron shahrida “Osiyo taekvondo federatsiyasi Prezidenti Kubogi” musobaqasi davom etmoqda. Biroz avval +73 kg vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.
Quvonarlisi, ushbu vaznda bir yoʻla ikki nafar oʻzbekistonlik sportchi Iroda Mirtadjiyeva hamda Svetlana Osipova finalgacha yetib keldi. Yarim finaldagi jangida jarohat olgan Mirtadjiyeva hal qiluvchi jangda ishtirok eta olmasligini maʼlum qildi va kumush medal sohibiga aylandi. Svetlana Osipova esa oltin medalni qoʻlga kiritdi.