11 Mart 2022 1500

“Osiyo taekvondo federatsiyasi Prezidenti Kubogi”: Bugun uch nafar vakilimiz jang qiladi

Tehron shahrida “Osiyo taekvondo federatsiyasi Prezidenti Kubogi” musobaqasining ikkinchi kuni boshlandi. Bugun Oʻzbekiston terma jamoasining uch nafar taekvondochisi bahs olib boradi. 49 kg vazn toifasida Dinora Muxtorova musobaqani 1/16 finaldan boshlaydi. Ushbu bosqichda hamyurtimiz eronlik Sara Mizban bilan toʻqnash keladi.

+73 kg vazn toifasida Iroda Mirtadjiyeva chorak finalda hindistonlik Rodali Baruaga qarshi jang qiladi. Xuddi shu vazn toifasida Svetlana Osipova chorak finalda eronlik Fatemax Bali bilan kuch sinashadi.

Barcha taekvondochilarimizga omad tilaymiz!

Text to speech