10 Mart 2022 1113

Oʻsmir bokschilarimizning 11 nafari finalga yoʻl oldi

Iordaniyada oʻtayotgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida navbatdagi kun ortda qoldi. Maʼlum qilganimizdek, bugun oʻsmirlar oʻrtasida final ishtirokchilari aniqlandi. Quvonarlisi, chempionlik yoʻlida ringga koʻtarilgan 12 nafar bokschimizdan 11 nafari gʻalaba qozonib, oltin medal yoʻlida kurashni davom ettiradigan boʻldi.


Finalga yoʻl olganlar:
-48 kg: Ilhomjon Ergashev
-50 kg: Samandar Olimov
-52 kg: Sunnatilla Oʻktamaliyev
-54 kg: Mironshoh Norqosimov
-57 kg: Farruh Toʻlaganov
-60 kg: Mirzakamron Yunusov
-63 kg: Hojiakbar Qudratov
-70 kg: Jafarbek Shahbozov
-75 kg: Temurbek Abduvohidov
-80 kg: Rahmonjon Qodirov
+ 80 kg: Ozodbek Aliyev


Bronza medali sohiblari:
-66 kg: Sardor Dilolov

Text to speech