10 Mart 2022 1320

"Osiyo taekvondo federatsiyasi Prezidenti Kubogi": Dastlabki kunda uchta medal!

Bugun Eron davlatidagi navbatdagi turnir "Osiyo taekvondo federatsiyasi Prezidenti Kubogi" musobaqasiga start berildi. Mazkur musobaqaning ilk kunida 3 nafar taekvondochimiz sovrindor bo‘lishdi.

53 kg vazn toifasida Charos Qayumova yarim finalga qadar yetib bordi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

62 kg vazn toifasining yarim finalida eronlik Seyedex Nargisga 5:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan Feruza Sadikova bronza medali bilan kifoyalandi. Xuddi shu vazn toifasidagi boshqa bir taekvondochimiz Ozoda Sobirjonova yarim finalda eronlik raqibasiga imkoniyatni boy berib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Musobaqa ertaga ham davom etadi.

Text to speech