8 Mart 2022 1491

Iqboljon Xoldorovni tabriklaymiz!

Bugun boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Iqboljon Xoldorov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Iqboljon Xoldorov 1997 yil 8 mart kuni Andijon viloyatida tavallud topgan. Xoldorov 2014 yil o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindori, 2017 yilgi Osiyo chempionati g‘olibi canaladi. Aynan qitʼa chempionligi unga o‘sha yil Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tgan jahon chempionatiga yo‘llanma berdi va unda bokschimiz kumush medali sohibiga aylandi. 2018 yil esa Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritgan.

O‘zbekiston Milliy Оlimpiya qo‘mitasi Iqboljon Xoldorovni bugungi ayyomi bilan muborakbod etadi va bokschimizning faoliyatida ulkan g‘alabalar tilab qoladi.

Text to speech