FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
7 Mart 2022 2873

Suvga sakrash. Hamyurtlarimiz Yevrosiyo kubogida sovrindor bo‘lishdi

Suvga sakrash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari birinchi bor tashkil etilgan Yevrosiyo kubogi bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sovrindorlar safidan o‘rin egallashdi.

O‘zbekiston suzish federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 4-6 mart kunlari Rossiyaning Saransk shahrida o‘tkazilgan mazkur nufuzli musobaqada Vatanimiz sharafini to‘rt nafar hamyurtimiz: Botir Hasanov, Marsel Zaynetdinov, Hojiakbar Fuzaylov va Yegor Mishenev himoya qilishdi.

Uch kun davomida o‘tkazilgan musobaqada Botir Hasanov va Marsel Zaynetdinov dueti 10 metr balandlikdagi tramplindan sakrashda kumush medal sovrindori bo‘lishdi.

Terma jamoamizning yetakchi sportchilaridan biri Marsel Zaynetdinov o‘n metr balandlikdagi tramplindan sakrash bo‘yicha yakkalik bahslarida ham ishtirok etib, bronza medali sohibiga aylandi.

Uch metr balandlikdagi tramplindan sinxron sakrash bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Hojiakbar Fuzaylov hamda Yegor Mishenov juftligi yakunda uchinchi o‘rinni band etdi.

Text to speech