MOQ ayollar jamoasiga ehtirom ko‘rsatildi
Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida 8 mart – Xalqaro xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda MOQ xodimlari Qo‘mitamizda faoliyat olib borayotgan mo‘’tabar ayollarni kirib kelayotgan ayyom bilan qutlashdi.
Tadbirda Bosh kotib Oybek Kasimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosarlari Ravshan Irmatov, Azizjon Kamilov hamda Sherzod Tashmatov, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov va Qo‘mitamiz xodimlari ishtirok etishdi. Dastlab Bahodir Maxsitov kirish so‘zi bilan hamkasb ayollarimizni kirib kelayotgan bayram bilan qutladi. Shundan so‘ng, Ravshan Sayfutdinovich ham jamoamiz xotin-qizlariga o‘zining samimiy tilaklarini yo‘lladi.
Qayd etish joiz, MOQda faoliyat olib borayotgan ayollar uchun ishlangan videorolikning namoyishi ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida Oybek Kasimov ham bayram egalarini samimiy qutlar ekan, shunday dedi:
“Hamkasblarimizning fikriga qo‘shilgan holda men ham yana bir bor Sizlarni kirib kelayotgan ayyomingiz bilan muborakbod etmoqchiman. Siz aziz ayollarning hayotimizda, Qo‘mitamiz faoliyatida va muhimi o‘zbek sportida tutgan o‘rningiz katta. Barchangizga hamkasblarimiz nomidan sihat-salomatlik va uzoq umr, oilaviy tinchlik-xotirjamlik tilab qolamiz”, – dedi MOQ Bosh kotibi.
Tadbir yakunida Qo‘mita xodimlari bayramona ruhda hamkasabalari uchun tayyorlagan sovg‘alarini ulashishdi.