FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
6 Mart 2022 2732

Velosportchimiz Turkiyadagi xalqaro musobaqada sovrindor bo‘ldi

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi hamda "Tashkent city professional cycling team" klubi Turkiyadagi yig‘inini davom ettirmoqda. Uning doirasida tashkil etilgan navbatdagi xalqaro musobaqada hamyurtimiz Yanina Kuskova shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Ayollar o‘rtasida o‘tgan guruh poygasida yosh umidli sportchimiz o‘zining irodasi bilan yevropalik raqiblariga qarshi kechgan raqobatda iliq taassurot qoldirdi. Poygada birinchi va ikkinchi o‘rinlar Ukraina terma jamoasi vakilalariga nasib etdi. Shuningdek, poygada ishtirok etgan boshqa hamyurtlarimiz quyidagi o‘rinda marraga yetib kelishdi:

12. Sofiya Karimova
16. Shahnoza Abdullayeva
17. Anna Kulikova
33. Margarita Misyurina
44. Nafosat Koziyeva
54. Madina Qahhorova
55. Anna Kuskova
63. Yelena Zayseva
68. Irina Berezina

Ma’lumot uchun, poygada 78 sportchi startga chiqdi. Ulardan 10 nafari finishga yetib kela olmadi.

Text to speech