5 Mart 2022 1861

Devis Kubogi: O‘zbekiston va Turkiya qarama-qarshiligida g‘olib nomi aniqlandi

Xabar berganimizdek, Devis Kubogi jahon saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston hamda Turkiya terma jamoalari bahs olib bordi. Uchrashuvlar bugun nihoyasiga yetdi va unda Turkiya 5 o‘yinlik seriyada zafar quchdi.

Kecha bo‘lib o‘tgan dastlabki ikki qarama-qarshilikdan so‘ng durang natija qayd etildi. E’tiborlisi, bugun ham ikki bellashuvdan keyin g‘olib jamoa nomini aniqlashning iloji bo‘lmadi. Shu bois, hal qiluvchi - beshinchi uchrashuvga murojaat qilindi.

Katta qiziqish ostida kechgan to‘qnashuvda Sergey Fomin reytingda o‘zidan ancha yuqori bo‘lgan raqibi Chem Ilkelga qarshi kortga chiqdi. Qariyb 2 soat davom etgan bahsda dunyoning 189-tartib raqam ostida saralangan tennischisi Ilkel g‘alaba qozondi. E’tirof etish joiz, vakilimiz har ikki setda raqibiga yetarlicha qarshilik ko‘rsatdi va yakunda tay-breklarda imkoniyatni boy berdi. Yakuniy hisob: 7:6 (7:2), 7:6 (7:4).

Bugungi bahslarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

Sergey Fomin/Sanjar Fayziyev - Altug‘ Chelikbilek/Erel Yanki 6:2, 6:4.

Sanjar Fayziyev - Altug‘ Chilekbilek 6:4, 1:6, 4:6.

Sergey Fomin - Chem Ilkel 6:7 (2:7), 6:7 (4:7).

Text to speech