4 Mart 2022 2306

Taekvondochi qizlarimiz Osiyo chempionatini uchta medal bilan boshlashdi

Bugun Eron poytaxti Tehron shahrida klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi. Dastlabki kunda qizlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari unda uchta medal qo‘lga kiritishdi.

Keskin va murosasiz kechgan bugungi bahslar yakuni bo‘yicha Feruza Sodiqova oltin, Charos Qayumova hamda Svetlana Osipova bronza medaliga ega chiqishdi. Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Ertaga, 5 mart kuni erkaklar o‘rtasida bahslar o‘tkaziladi.

Text to speech