4 Mart 2022 5122

Afsonaviy Oksana Chusovitinadan Jahon kubogida navbatdagi chempionlik!

Xabar berganimizdek, gimnastikachimiz Oksana Chusovitina Doxada o‘tayotgan Jahon kubogining ikkinchi bosqichida final dasturida ishtirok etdi. Quvonarlisi, hamyurtimiz unda muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zining sevimli tayanib sakrash dasturida qatnashgan Chusovitina 13.433 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan u medallar uchun asosiy raqobat olib borgan Vengriya va rossiyalik raqibalarini ortda qoldirishga erishdi.

Sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi, Doxa
Tayanib sakrash, ayollar:
1. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 13.433
2. Mariya Baskay (Vengriya) – 13.150
3. Viktoriya Listunova (Rossiya) – 13.133

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mavsumdagi ilk startini omadli boshlagan afsonaviy sportchimizni qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan tabriklab, unga kelgusi musobaqalarda ham zafarlar tilab qoladi.

Text to speech