4 Mart 2022 2643

Fevral oyida terma jamoalarimizning Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarligi uchun sarflangan mablag'lar to'g'risida MA'LUMOT

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi "2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida"gi PQ-5281 sonli qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiya)lar tomonidan Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

2022-yil fevral oyida Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan 12 ta sport federatsiya va uyushmalar bergan talabnomalari asosida ajratilgan mablag'lardan mahalliy hamda xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish uchun 8 319 564 249 so'm miqdorida moliyalashtirildi.

Shu bilan birga, Olimpiya sport turlari bo'yicha federatsiya va uyushmalarning ustav xarajatlari, milliy terma jamoa sportchilari uchun anjom va maxsus ekipirovkalar xaridi, ularning tibbiy-biologik ta'minoti bilan bog'liq xarajatlar G'aznachilikning tegishli tizimi orqali to'g'ridan-to'g'ri moliyalashtirilmoqda.

T/r Sport tashkilot
nomlari
fevral
summa
1 Boks
federatsiyasi
846 355 658,00
2 Sport kurashlari
asssotsiatsiyasi
710 846 094,00
3 Velosiped sporti
federatsiyasi
805 910 324,00
4 Dzyudo federatsiyasi 1 518 210 471,00
5 Gimnastika federatsiyasi 744 302 227,00
6 Rowing & Canoe federatsiyasi 272 933 500,00
7 Taekvondo WTF assotsiatsiyasi 1 211 533 775,00
8 Qilichbozlik federatsiyasi 421 872 200,00
9 Kamondan otish federatsiyasi 101 480 000,00
10 ООО "OLYMPIC PROFESSIONAL FUTBOL KLUBI" 1 551 990 000,00
11 O'q otish (stenddan otish) 93 600 000,00
12 Tratlon 40 530 000,00
  JAMI : 8 319 564 249
Text to speech