4 Mart 2022 2082

Prezident topshiriqlari ijroda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"ni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi"ning "IV. Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish" bo'limidagi tegishli bandlar ijrosi yuzasidan O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha ma'lumot:

Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish, shuningdek, sport maktablarini ko'paytirish va yangi sport ob'yektlarini barpo etish bandi bo'yicha:

• Respublika va xalqaro musobaqalardagi erishilgan natijalarga asosan Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bo'yicha litsenziyali musobaqalarda ishtirok etadigan O'zbekiston sport delegatsiyasi tarkibi shakllantirilmoqda;
• Sportni rivojlantirish vazirligi, Respublika oliy sport mahorati maktablari bilan Olimpiya o'yinlariga kiritilgan jamoaviy (futbol, gandbol, basketbol, voleybol, regbi, chim ustida xokkey, badminton, suv sporti turlari) va boshqa sport turlari bo'yicha terma jamoalar kuchaytirilmoqda;
• Jamoaviy va boshqa sport turlarini ommalashtirish, sog'lom turmush targ'ibotini kuchaytirish maqsadida yoshlarni sport klublari, seksiyalar va to'garaklarga faol jalb qilinmoqda;
• Jamoaviy va boshqa sport turlari bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini ta'minlanmoqda.

Qishki Olimpiya va Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish yuzasidan:

• Sportni rivojlantirish vazirligi, sportning qishki va murakkab turlari bo'yicha ROSMM, O'zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O'zbekiston chang'i sporti federatsiyasi bilan 2026-yil Milan shahrida bo'lib o'tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash dasturini ishlab chiqish;
• 2026-yilga qadar qishki va ekstremal sport turlari, shu jumladan tog'-chang'i sportini rivojlantirish maqsadida eng ilg'or va innovatsion texnologiyalar jalb qilgan holda salohiyatli hududlarda zarur infratuzilmani yaratish;
• Mavjud salohiyat va imkoniyatdan kelib chiqib, hududlarni qishki Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga sportchilarni tayyorlash bo'yicha ixtisoslashtirish;
• Qishki sport turlariga ixtisoslashtirilgan hududlarda tegishli sport turlarini rivojlantirish, milliy jamoa a'zolarini shakllantirish va 2023-yildan boshlab, xalqaro musobaqalarda ularning ishtirokini ta'minlash;
• Xususiy klublar faoliyatini tashkil etish.

Text to speech