FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
4 Mart 2022 3066

Tursunoy Jabborovani tabriklaymiz!

Bugun og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Tursunoy Jabborova tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Tursunoy Jabborova 2002 yil 4 mart kuni Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Og‘ir atletikadagi ilk muvaffaqiyatiga 2017 yil o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida erishdi. O‘shanda sportchimiz kumush medal sohibiga aylangan edi. Shundan so‘ng Tursunoy o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni, ushbu toifalardagi jahon chempionatlarining sovrindoriga aylandi. 2019 yil Jahon kubogida kumush medal bilan taqdirlangan. O‘tgan yili poytaxtimizda o‘tgan jahon chempionatida -87 kg vazn toifasida dast ko‘tarish mashqida oltin, ikki kurash bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Tursunoy Jabborovani tavallud kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan g‘alabalar tilab qoladi.

Text to speech