FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 Mart 2022 2346

Xorazmda voleybol bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari uchun menejerlik kursi o‘tkazilmoqda

Osiyo voleybol konfederatsiyasining yillik taqvim rejasiga ko‘ra, 2-5 mart kunlari Xorazm viloyatida menejerlik bo‘yicha xalqaro o‘quv-seminar o‘tkazilishi belgilangan. Urganch shahrida seminar o‘z ishini boshladi.

Xalqaro o‘quv-seminariga Osiyo voleybol konfederatsiyasi ijrochi direktori Shanrit Vongprasert rahbarlik qilmoqda. Seminarda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidagi 7 ta davlatdan 24 nafar tinglovchi qatnashyapti. Jumladan, xalqaro o‘quv-seminarda Pokiston (1 nafar), Bangladesh (1), Maldiv orollari (1), Qozog‘iston (1), Qirg‘iziston (1), Tojikiston (2) hamda O‘zbekiston (17 nafar)dan tinglovchilar ishtirok etishmoqda, deya ma’lum qiladi O‘zbekiston voleybol federatsiyasi.

Kurs yakunida har bir tinglovchiga maxsus sertifikat beriladi. Bu esa ularga Osiyo voleybol konfederatsiyasi hamda CAVA – Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi shafeligida o‘tayotgan musobaqalarda rasmiy shaxslar qatorida qatnashish huquqini beradi.

Seminardan bo‘sh vaqtlarida mehmonlar Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tayotgan voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining 2-tur o‘yinlari hamda 45 yoshdan oshgan faxriylar va havaskorlar ishtirokidagi Respublika turnirini kuzatib borishadi. Qolaversa, mehmonlar ko‘hna Xorazmning diqqatga sazovor joylari va boy madaniy merosi bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘lishadi.

Text to speech