FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 Mart 2022 2607

Yosh beshkurashchimiz Belarusdagi xalqaro musobaqada sovrindor bo‘ldi

Belarusning Brest shahrida zamonaviy beshkurashning ikkikurash va uchkurash yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda U-11, U-13, U-15, U-17 yosh toifalaridagi sportchilar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, musobaqada ishtirok etish uchun ko‘plab davlatlardan tashrif buyurgan 120 nafar yoshlar orasida hamyurtlarimiz ham o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi.

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda terma jamoamiz vakillari 10 fevraldan boshlab ushbu mamlakatda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida bo‘lib turibdi. Yig‘in doirasida yoshlarimiz belaruslik sportchilar bilan birga o‘z mahoratlarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

Musobaqa yakunida yoshlarimizning natijasi ancha o‘sganini e’tirof etish o‘rinli. Ayniqsa, 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar toifasida qatnashgan Kira Soy o‘z tengqurlari orasida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani murabbiylarimizda iliq taassurot qoldirdi. Yana bir hamyurtimiz Sherjon Ahmedov murosasiz raqobatda to‘rtinchi natijani qayd etdi. Qolgan vakillarimiz garchi sovrinli o‘rinlarga kira ololmagan bo‘lsalar ham, xalqaro musobaqada ishtirok etish orqali o‘z mahoratlarini yanada oshirishga erishdilar.

Text to speech