3 Mart 2022 1539

Dzyudochilarimiz Yevropa ochiq chempionatida ishtirok etish uchun Pragaga yo‘l olishdi

5-6 mart kunlari Chexiya poytaxti Praga shahrida dzyudo bo‘yicha Yevropa ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi. Dunyoning 5 qit’asi 42 davlatidan jami 548 nafar (328 erkak, 220 ayol) sportchi ishtirok etadigan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi dzyudochilari ham medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. Bugun tunda delegatsiyamiz Praga shahriga jo‘nab ketdi.

Pragaga yo‘l olgan tarkibimiz:
Erkaklar
-60 kg: Otabek Otanazarov
-66 kg: Rahimjon Subhonov
-81 kg: Ramazon Allaberdiyev
-100 kg: Bahrom Rajabov
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov
+100 kg: O‘tkirbek To‘raboyev

Ayollar
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-57 kg: Nilufar Yermaganbetova
-63 kg: Sevinch Isoqova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+78 kg: Fotima Quramboyeva

Ta’kidlash joiz, bu yil dzyudo bo‘yicha terma jamoamizni katta musobaqalar kutib turibdi. Shu bois, murabbiylar shtabi asosiy startlarga optimal tarkibni tayyorlab borish uchun barcha dzyudochilarga imkoniyat yaratmoqda. Bu bilan Pragaga yo‘l olgan yoshlarimizni katta musobaqalarda chiniqtirish ham ko‘zda tutilgan.

Text to speech