3 Mart 2022 1184

Shahobiddin Zoirovni tabriklaymiz!

Bugun boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Shahobiddin Zoirov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Shahobiddin Zoirov 1993 yil 3 mart kuni Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Bokschimiz -52 kg vazn toifasida Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari, 2019 yil Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida o‘tgan jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan. Ushbu g‘alabalari evaziga Prezidentimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Shahobiddin Zoirovni tug‘ilgan kuni bilan muborakbod etib, faoliyatida ulkan g‘alaba va muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech