2 Mart 2022
1770
“Olimpik” debyut o‘yinida ochko oldi
MOQ qoshida tashkil etilgan “Olimpik” klubi futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 2022 yil mavsumidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Ma’lum qilganimizdek, jamoamiz debyut uchrashuvni “Surxon”ga qarshi olib bordi.
Taktik kurashlarga boy bo‘lgan qiziqarli o‘yin 0:0 hisobi bilan yakunlandi. Qayd etish joiz, bahs davomida Temur Kapadze shogirdlari vaziyatlar yaratish borasida yaqqol ajralib turdi va ko‘plab mutaxassislarda iliq taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston Superligasi, 1-tur.
“Paxtakor” markaziy stadioni
“Olimpik” – “Surxon” 0:0
Shu tariqa, “Olimpik” dastlabki o‘yinda qayd etilgan durang evaziga o‘z hisobiga 1 ochkoni yozib qo‘ymoqda. Jamoamizga kelgusi bahslarda ham omad tilab qolamiz.