2 Mart 2022 1301

Bugun qilichbozlarimiz barcha dasturda finalda jang qilishdi

Toshkentda o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi. Bugun sportchilarimiz jamoaviy dasturda bahs olib borishdi.

E’tiborlisi, bugungi dasturdan o‘rin olgan barcha yo‘nalishda qilichbozlarimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Yigitlarimiz sablya dasturida qozog‘istonlik raqiblarini 45:19 hisobidagi katta ustunlik bilan dog‘da qoldirishdi. Afsuski, qizlar o‘rtasidagi sablya (44:45) hamda yigitlar o‘rtasidagi shpaga (43:45) dasturlarida kichik hisoblarda imkoniyatni boy berib qo‘ydik.

Qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi OCh.
Yigitlar, sablya:
1. O‘zbekiston
2. Qozog‘iston
3. Gonkong

Qizlar, sablya:
1. Qozog‘iston
2. O‘zbekiston
3. Gonkong

Yigitlar, shpaga:
1. Gonkong
2. O‘zbekiston
3. Qozog‘iston

Text to speech