27 Fevral 2022 1627

“Muradov Professional League 3” turniri yangi jangchilarni kashf qildi

“Muradov Professional League 3” turniri yangi jangchilarni kashf qildi

“Yunusobod sport majmuasi”da UFC promoushenida jang qilayotgan hamyurtimiz Mahmud Murodov nomiga tashkil etilgan “Muradov Professional League 3” ligasining uchinchi oqshomi bo‘lib o‘tdi. Qayd etish joiz, bugun arena minglab muxlislar bilan to‘lib toshdi. Reglamentga ko‘ra, oqshomda 11 nafar hamyurtimiz oktogonga ko‘tarildi.

E’tiborlisi, ulardan 9 nafari ajoyib jang o‘tkazib, minglab muxlislarimizni o‘z g‘alabalari bilan xushnud qildi. Ayniqsa, asosiy kardda oktogonga ko‘tarilgan Avliyoxon Hamidov, Ahliddin Mirzadavlatov, Shohasan Mirzamatov va Ramazon Temirovning bahslari ko‘pchilikda yorqin xotira qoldirdi.

Ushbu kechaning to‘liq janglari va unda qayd etilgan natijalar:

-84 kg: Begzod Mahamatov (O‘zbekiston) - Magomed Isayev (Qirg‘iziston)
Magomed Isayev ikkinchi raundda nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

-65.2 kg: Asliddin Eshonqulov (O‘zbekiston) - Xolboy Emomali (Tojikiston)
Asliddin Eshonqulov ochkolar evaziga ko‘ra g‘alaba qozondi.

-70.3 kg: Amirxon Alixo‘jayev (O‘zbekiston) - Smko Sanuyev (Qirg‘iziston)
Alixo‘jayev birinchi raundda raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi.

-70.3-72 kg: Umar Karimov (O‘zbekiston) - Altinbek Ashimbekov (Qirg‘iziston)
Umar Karimov birinchi raundda uchburchak usulda g‘alaba qozondi.

70.3-75 kg: Bahromjon Mashrapov (O‘zbekiston) - Sog‘indik Muxanov (Qozog‘iston)
Bahromjon Mashrapov ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alabaga erishdi.

100+ kg: Jasur Mirzamuhamedov (O‘zbekiston) - Fatih Aktash (Turkiya)
Jasur Mirzamuhammedov ikkinchi raundda raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

Asosiy kard
-66 kg: Avliyoxon Hamidov (O‘zbekiston) - Nurbek Matkabilov (Qirg‘iziston)
Avliyoxon Hamidov ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

-56.7 kg: Bahodir Bakiyev (O‘zbekiston) - Timur Japarov (Qozog‘iston)
Timur Japarov ochkolar evaziga g‘alabaga erishdi.

-70.3-72 kg: Ahliddin Mirzadavlatov (O‘zbekiston) - Konstantin Cherednichenko (Rossiya)
Ahliddin Mirzadavlatov birinchi raundda g‘alaba qozondi.

-77 kg: Shohasan Mirzamatov (O‘zbekiston) - Islam Bagavutdinov (Rossiya)
Shohasan Mirzamatov birinchi raunddan so‘ng g‘alabaga erishdi. Raqib tanaffus vaqtida jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi.

-56.7 kg: Ramazon Temirov (O‘zbekiston) - Mixail Sirbu (Moldava)
Ramazon Temirov ochkolar evaziga raqibini mag‘lub etdi.

Yakunda markaziy jangda g‘alaba qozongan Ramazon Temirovga homiylar tomonidan avtomobil va maxsus kubok hadya qilindi. Ushbu sovg‘alarni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Mahmud Murodovning o‘zi tantanali ravishda egasiga topshirdi.

Text to speech