FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
1 Mart 2022 3309

Qilichbozlik: Osiyo chempionatida gonkongliklar bilan jiddiy raqobat kechmoqda

Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Bugun yoshlar toifasida bir qator yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Ahamiyatlisi, sovrinli o‘rinlar uchun kurash O‘zbekiston va Gonkong jamoalari o‘rtasida kechdi. Bugun dasturga kiritilgan barcha yo‘nalishlarda ham aynan ushbu jamoa vakillari shohsupadan joy olishdi. Qizlarimizdan Dilnaz Murtazayeva jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim etgan bo‘lsa, yana 4 nafar vakilimiz o‘z yutuqlari qatoriga qit’a chempionatining bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionati (U-20)
Qizlar, shpaga:
1. Dilnaz Murtazayeva (O‘zbekiston)
2. Xailin Chen (Gonkong)
3. Shahzoda Egamberdiyeva (O‘zbekiston)
3. Sevara Rahimova (O‘zbekiston)

Qizlar, rapira:
1. Ya Lei Leung (Gonkong)
2. Van Ying Chun (Gonkong)
3. Nok Sze Chan (Gonkong)
3. Maftunabonu Davronova (O‘zbekiston)

Yigitlar, rapira:
1. Chin Yu Leung (Gonkong)
2. Lukas Choy (Gonkong)
3. Tit Nam Cheng (Gonkong)
3. Ilyas Molina (O‘zbekiston)

Text to speech