“Uzbekistan global tour 2022”ga start berildi
Har yili ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Uzbekistan global tour” musobaqasining bu yilgi bahslariga start berildi. Musobaqada uzoq tanaffusdan so‘ng bellashuvlarni sog‘ingan yurtimizning eng sara chavandozlari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Ushbu musobaqa o‘z ichiga 10 ta bosqichni qamrab oladi. Bellashuvlar mavsum davomida taqvim bo‘yicha o‘tkazib boriladi. Tashkiliy qo‘mita vakillarining ma’lum qilishicha, har bir bosqich olti yo‘nalishda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:
“F” 80 sm (to‘siq balandligi) toifasi. Havaskor debyutantlar:
1. Mirzohid Muzayev ("Getsbi", ot laqabi),
2. Temur Azizov (" Masshtab"),
3. Mirzohid Musayev ("Donaglarano");
“С” toifasi, 100 sm. 2008-2014 yillarda tug‘ilgan bolalar:
1. Humoyun Jasurov ("Rich") ,
2. Firdavsbek Davronbekov ("Solist"),
3. Dilshod Shokirov ("Alonso");
“E” toifasi, 110 sm, ochiq kategoriya
1. Alisher Erkinov ("Lassetti"),
2. Xorun Mirvohidov ("Governor"),
3. Miryokub Ismoilov ("Ragnar");
“В” toifasi, 110 sm, 5-7 yoshli otlar:
1. Saidamirxon Turg‘unboyev ("Chaman"),
2. G‘ayrat Nazarov ("Silney Jekson"),
3. Bekzod Ro‘zmuhamedov ("Arnella");
“D” toifasi, 115 sm:
1. Sergey Antonovich ("Gayanto"),
2. G‘ayrat Nazarov ("Los-Anjeles"),
3. Olimjon Gaziyev ("Flayt");
“A” toifasi, 130 sm. 7 va undan katta yoshdagi otlar:
1. Umar Sharipov ("Giatriris"),
2. Saidamirxon Turg‘unboyev ("Kalleko"),
3. Humoyun Abdullayev ("Miss Mey Bi").