28 Fevral 2022 1992

Yoshlarimiz Osiyo chempionatini beshta medal bilan boshlashdi

O‘smirlarimizdan so‘ng qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham poytaxtimizda o‘tayotgan qit’a birinchiligini muvaffaqiyati boshladi. Bugun jamoamiz 2 ta oltin va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Har ikki oltin sablya dasturida qo‘lga kiritildi. Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Sherzod Mamutov va Gulistan Perdibayeva barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratishdi. Yarim finalda Perdibayevaga imkoniyatni boy bergan Zaynab Dayibekova, shuningdek, boshqa bir sablyachimiz Venera Isroilova hamda Jaloliddin Dushamboyev shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildilar. Kunning so‘nggi dasturida oltin medal saudiyalik shpagachi Hussayn Altovilga nasib etdi.

Qilichbozlik bo‘yicha U-20 Osiyo chempionati.
Sablya, yigitlar:
1. Sherzod Mamutov (O‘zbekiston)
2. Lok Xei Chan (Gonkong)
3. Abdulloh Talha (Iordaniya)
3. Jaloliddin Dushamboyev (O‘zbekiston)

Sablya, qizlar:
1. Gulistan Perdibayeva (O‘zbekiston)
2. Veronika Vasileva (Avstraliya)
3. Venera Isroilova (O‘zbekiston)
3. Zaynab Dayibekova (O‘zbekiston)

Shpaga, yigitlar:
1. Hussayn Altovil (Saudiya Arabistoni)
2. Aleksandr Fedotov (Qozog‘iston)
3. Iyad Odeh (Iordaniya)
3. Muhammad Al Mazmi (BAA).

Text to speech