FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
28 Fevral 2022 5297

Abdurahmonov va Jalolovdan g'alaba, Abdullayev finalda kichik farq bilan mag'lub bo'ldi

Turkiyaning Istanbul shahrida sport kurashlari bo'yicha xalqaro musobaqa yakunlandi. So'nggi kun dasturida erkin kurashchilarimiz medallar uchun kurash olib borishdi.

Finalgacha barcha raqiblarini mag'lub etgan G'ulomjon Abdullayev (-61 kg) hal qiluvchi bellashuvda hindistonlik Ravi Kumarga 10:11 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Bronza medali uchun kechgan bellashuvlarda kurashchilarimiz dramatik g'alabani qo'lga kiritishdi. Dastlab Umidjon Jalolov (-65 kg) mo'g'ulistonlik raqibini 5:4 hisobida mag'lub etdi. Keyin esa Tokio-2020 sovrindori Bekzod Abdurahmonov fransiyalik kurashchi bilan kechgan bahsda so'nggi ochkoni qo'lga kiritganlikdagi ustunlik (4:4) evaziga g'alabani o'z tomoniga og'dirdi.

Eslatib o'tamiz, yunon-rum kurashchilarimiz musobaqada 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarini jamg'arishgan edi.

Text to speech