26 Fevral 2022 1968

Komiljon To‘xtayev Osiyo chempionatini oltin va kumush medallar bilan yakunladi

Xabar berganimizdek, tog‘ chang‘isi bo‘yicha terma jamoamiz Livanda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etdi. Unda Pekin-2022 Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Komiljon To‘xtayev oltin va kumush medallarga sazovor bo‘ldi.

Vakilimiz slalom dasturida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda u eng yaqin ta’qibchisini sal kam 3 soniyaga ortda qoldirishga erishdi. Biroq gigant slalomda kumush medal bilan cheklandi.

Tog‘ chang‘isi bo‘yicha Osiyo chempionati.
Slalom, erkaklar:
1. Komiljon To‘xtayev (O‘zbekiston)
2. Muhammad Sevehshemshaki (Eron)
3. Sezar Arnouk (Livan)

Gigant slalom, erkaklar:
1. Zaxar Kuchin (Qozog‘iston)
2. Komiljon To‘xtayev (O‘zbekiston)
3. Muhammad Sevehshemshaki (Eron)

Text to speech