FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
26 Fevral 2022 2325

Sablyachi o‘smirlarimiz Osiyoda tengsiz!

Toshkentda davom etayotgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida navbatdagi kun dasturlari ortda qoldi. Unda o‘smirlar toifasida jamoaviy yo‘nalishda g‘oliblar aniqlandi.

Ahamiyatlisi, o‘tkazilgan 3 yo‘nalishning barchasida vakillarimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Finalda eronlik raqiblarini 45:32 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan sablyachi yigitlarimiz qit’ada tengsiz ekanliklarini namoyish etdilar. Shpaga bo‘yicha yigitlar, rapira bo‘yicha qizlar dasturidagi final bahslarida omad raqiblar tomonida bo‘ldi va jamoamiz hisobiga ushbu yo‘nalishlardan kumush medallar yozib qo‘yildi.

Sablya, yigitlar:
1. O‘zbekiston
2. Eron
3. Qozog‘iston
3. Quvayt

Shpaga, yigitlar:
1. Qozog‘iston
2. O‘zbekiston
3. Hindiston
3. Qatar

Rapira, qizlar:
1. Gonkong
2. O‘zbekiston
3. Qozog‘iston
3. Hindiston

Text to speech