26 Fevral 2022 3502

Stranja-2022: bugun besh nafar bokschimiz finalda jang qiladi

Bolgariyada o'tayotgan boks bo'yicha "Stranja" xalqaro musobaqasida yarim final janglari ortda qoldi. Quvonarlisi, yakunda 6 nafar bokschimiz oltin medal uchun jang olib boradigan bo'ldi.

Qizlarimizdan Tursunoy Rahimova ukrainalik Tetiana Kobga qarshi bahsda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yigitlarimiz esa yarim final janglarini ko'ngildagidek yakunlab, final yo'llanmasiga ega bo'lishdi.

Vakillarimiz ishtirok etgan yarim final natijalari:

-52 kg: Tursunoy Rahimova - Tetiana Kob (Ukraina) 1:4
-51 kg: Hasanboy Do'smatov - Timur Kabdeshov (Qozog'iston) 5:0
-57 kg: Abdumalik Xalakov - Vsevolod Shumkov (Rossiya) 5:0
-80 kg: Odiljon Aslonov - Kromvil Kommi (Italiya) 4:1
-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Abzal Kuttibekov (Qozog'iston) 3:2
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Abzal Serik (Qozog'iston) 5:0
+92 kg: Lazizbek Mullajonov - Nurlan Saparbay (Qozog'iston) 5:0

Reglamentga ko'ra, bugun 10 ta vazn toifasida final janglari o'tkaziladi. Ushbu dasturdan quyidagi 5 nafar vakilimizning jangi o'rin olgan:

-51 kg: Hasanboy Do'smatov - Dmir Abdikadir (Qozog'iston)
-57 kg: Abdumalik Xalakov - Xavyer Dias (Bolgariya)
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Yaroslav Xarsiz (Ukraina)
-80 kg: Odiljon Aslonov - Kristian Nikolov (Bolgariya)
-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Radoslav Pantaleyev (Bolgariya)

Text to speech