25 Fevral 2022 3069

Chavandozlarimiz Toshkent shahar ochiq chempionati va "Hokim kubogi"da bellashishdi

“Furqon Stables” ot sporti klubida konkur yo‘nalishi bo‘yicha bolalar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida Toshkent shahar ochiq chempionati hamda Toshkent tumani hokimi kubogi uchun musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Unda 60 nafardan ortiq yosh va iqtidorli sportchilar qatori, tajribali chavandozlar ishtirok etishdi. Bellashuvlar nafaqat taniqli va professional sportchilar o‘rtasida o‘ziga xos raqobat xarakterida bo‘ldi, balki ba’zi toifalarda atletlar birinchi marta qatnashishlariga qaramay faxrli o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘lishdi. Bundan xulosa qilish mumkinki, yurtimizda bolalar va yoshlar o‘rtasida ot sporti tobora ommaviyshlashib bormoqda. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari:

12-15 yoshli bolalar, 100 sm (to‘siq balandligi):
1. Boburjon Valijonov – “Abaja Dos Dorados” (ot laqabi)
2. Xorun Mirvohidov – “Hokim”
3. Akbar Sharipov – “Kechmeker”

16 yoshli bolalar, 100 sm:
1. Lochinbek Tohirjonov – “Kvintet G”
2. Malika Kamalova – “Kristal”
3. Anjelina Riksibayeva – "Lotlo"

Kattalar, 110 sm:
1. A’zam Tolibboyev – “Klass C”
2. Yormuhammad Fozilxo‘jayev – “Artist”
3. Begzod Ro‘zamuhammedov – “Arnella”

120 sm:
1. Dilmurod Abdurahmonov – “Kalibri”
2. A’zam Tolibboyev – “Kontendro”
3. Mirzohid Musayev – "Balus Komtes"

Text to speech