FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
25 Fevral 2022 6202

Yana bir qilichbozimiz Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi

Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kuni ortda qoldi. Quvonarlisi, ushbu kun dasturi ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tib, 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdik.

Bugun reja bo‘yicha o‘smir qizlar shpaga hamda sablya, yigitlar esa rapirada kuch sinashishdi. Unda sablyachimiz Fernanda Errera Lara barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ahamiyatlisi, unga hal qiluvchi bahsda boshqa bir vakilamiz Ayakoz Jumamuratova raqiblik qildi.

Rapirachi yigitimiz Radmir Semyoneyev finalda gonkonglik raqibiga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibiga aylangan bo‘lsa, Aziza Hamidova shpaga dasturida bronza medali bilan taqdirlandi. Bugungi kunning barcha g‘olib va sovrindorlari:

Qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionati (U-17)
Sablya, qizlar:
1. Fernanda Errera Lara (O‘zbekiston)
2. Ayakoz Jumamuratova (O‘zbekiston)
3. Veronika Vasileva (Avstraliya)
3. Samira Shokirova (O‘zbekiston)

Rapira, yigitlar:
1. Tit Nam Chen (Gonkong)
2. Radmir Semyoneyev (O‘zbekiston)
3. Notetakod Vangpaisit (Tailand)
3. Chi Shun Yuen (Gonkong)

Shpaga, qizlar:
1. Xailin Chen (Gonkong)
2. Zi Cheng Chung (Singapur)
3. Aziza Hamidova (O‘zbekiston)
3. Prachi Loxan (Hindiston)

Text to speech