FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
25 Fevral 2022 2535

Kurashchilarimiz birinchi kun yakuni bo‘yicha peshqadam

Turkiyaning Istanbul shahrida sport kurashlari bo‘yicha start olgan xalqaro musobaqaning birinchi kuni polvonlarimiz uchun omadli o‘tdi. Unda gilamga chiqqan hamyurtlarimiz 3 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Dastlab Islomjon Bahromov (-63 kg) finalda o‘tgan yilgi jahon chempioni moldovalik Viktor Chiobanuga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (9:0). Shundan so‘ng -67 kgda Mahmud Baxshulloyev va -97 kgda Rustam Assakalov ham final bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazib olishdi. Shuningdek, eng og‘ir vazn toifasida Mo‘minjon Abdullayev (-130 kg) bronza medali uchun kechgan bahsda g‘alaba qozonib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Finallar:
-63 kg: Islomjon Bahromov – Viktor Chiobanu (Moldova) 9:0
-67 kg: Mahmud Baxshulloyev – Morten Torezen (Norvegiya) 5:2
-97 kg: Rustam Assakalov – Arvi Savolaynen (Finlyandiya) 5:1

Bronza medali uchun:
-130 kg: Mo‘minjon Abdullayev – Alimxan Sizdikov (Qozog‘iston) 4:1

Tabiiyki, bunday muvaffaqiyatli ishtirokdan so‘ng Ravshan Ro‘ziqulov boshchiligidagi yigitlarimiz umumjamoa hisobida peshqadamlik qilishmoqda.

Text to speech