FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
24 Fevral 2022 2911

Qilichbozlarimiz birinchi kunni 2 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan yakunlashdi

Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kun bellashuvlari tugadi. Unda o‘smir qizlar o‘rtasida rapira, yigitlar o‘rtasida shpaga hamda sablya qurollarida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.

Ma’lum qilganimizdek, ushbu dasturlarda 4 nafar vakilimiz finalgacha yetib bordi. Dastlab Marjona Usmonova tailandlik raqibasini ishonchli hisobda mag‘lub etdi. Shpaga bahsida esa hamyurtimiz Meyirxan Timurov qozog‘istonlik raqibiga 1 ochko farqi bilan imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Sablyadagi ikki hamyurtimizning duelida Abdazovning qo‘li baland keldi.

Rapira, qizlar:
1. Marjona Usmonova (O‘zbekiston)
2. Chayanutpat Shinnakerdchoke (Tailand)
3. Nok Chan (Gonkong)
3. Yi Lau (Gonkong)

Shpaga, yigitlar:
1. Bogdan Lukin (Qozog‘iston)
2. Meyirxan Timurov (O‘zbekiston)
3. Gandul Batbyamba (Mo‘g‘uliston)
3. Juliyen Lim (Gonkong)

Sablya, yigitlar:
1. Islambek Abdazov (O‘zbekiston)
2. Allaniyaz Eshchanov (O‘zbekiston)
3. Hamad Al Shamlan (Quvayt)
3. Nima Og‘oiy (Eron)

Text to speech