FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
24 Fevral 2022 5217

Birinchi kunda to‘rt qilichbozimiz finalda!

Ma’lum qilganimizdek, ayni vaqtda Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun musobaqaning birinchi kun dasturida 4 nafar hamyurtimiz final bahsida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Qizlar o‘rtasidagi rapira qurolida bahslarga kirishgan Marjona Usmonova Eron va gonkonglik raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Oltin medal uchun u tailandlik raqibasiga qarshi maydonga chiqadi.

Shu o‘rinda, sablyachi yigitlarimizning ajoyib ishtirokini alohida ta’kidlash joiz. Ikki iqtidorli yigitimiz Allaniyaz Eshchanov hamda Islambek Abdazov barcha raqiblarini mag‘lub etib, finalda o‘zaro bahs olib boradigan bo‘lishdi. Shuningdek, chempionlik yo‘lida shpagachimiz Meyirxan Timurov ham o‘z jangini kutib turibdi. Finalda ushbu hamyurtimizga qozog‘istonlik Bogdan Lukin raqiblik qiladi.

Text to speech