FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
24 Fevral 2022 2662

Kun tarixi: Olimpiadada ilk marotaba madhiyamiz yangraganiga 28 yil bo‘ldi!

1994 yil 24 fevral kuni Norvegiyaning Lillexammer shahrida o‘tgan XVII qishki Olimpiya o‘yinlarida mustaqil O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarixida ilk bor Olimpiya o‘yinlarining oltin medaliga sazovor bo‘lgan.

Roppa-rosa 28 yil muqaddam butun Respublikamiz bo‘ylab mazkur g‘alabamiz katta shodiyona bilan nishonlangan edi. Afsonaviy fristaylchimiz Lina Cheryazovaning ushbu oltin medali biz uchun qishki Olimpiya o‘yinlarida yagonaligicha qolmoqda.

Ma’lumot uchun, birgina ushbu natija Lillexammer Olimpiadasida delegatsiyamizning Fransiya, Finlyandiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Niderlandiya kabi qishki sport turlarida yetakchi hisoblanmish davlatlardan umumjamoa hisobida yuqori o‘rinda turishimizni ta’minlagan edi.

Text to speech