24 Fevral 2022 991

To‘lqin Qilichevni tabriklaymiz!

Bugun boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi To‘lqin Qilichev tavallud ayyomini nishonlamoqda.

O‘zbek bokschilarining jahon arenalarida mana shunday shuhrat qozonishida To‘lqin Qilichevning xizmatlari katta. Tajribali murabbiy so‘nggi yillarda Isroil Madrimov, Murodjon Ahmadaliyev, Bahodir Jalolov va boshqa ko‘plab taniqli bokschilarimizni tarbiyalab bergan. 2019 yil Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tgan jahon chempionatidan so‘ng ko‘rsatgan xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi To‘lqin Qilichevni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etadi va unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech