23 Fevral 2022 1519

Tel-Aviv “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng dzyudochilarning yangi reytingi e’lon qilindi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi Tel-Aviv “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng dzyudochilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Kutilganidek, musobaqada -73 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘lgan Obidxon No‘monov katta o‘sishga erishdi. Bungacha 66-pog‘onada turgan hamyurtimiz o‘z hisobiga qo‘shib olgan 700 ochkosi bilan 33 pog‘ona ko‘tarildi va 33-o‘rindan joy olib turibdi. Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov hamon -90 kg vazn yetakchiligini hech kimga bergani yo‘q. Batafsil:

-60 kg:
1. Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi) – 4510 ochko
21. Kemran Nurillayev – 1712 ochko

-66 kg:
1. An Baul (Janubiy Koreya) – 4540 ochko
8. Sardor Nurullayev – 3014 ochko

-73 kg:
1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 6395 ochko
14. Hikmatilloh To‘rayev – 2352 ochko
21. Murodjon Yo‘ldoshev – 1502
33. Obidxon No‘monov – 1180

-81 kg:
1. Mattias Kasse (Belgiya) – 6570 ochko
4. Sharofiddin Boltaboyev – 3716

-90 kg:
1. Davlat Bobonov (O‘zbekiston) – 5769 ochko
26. Shermuhammad Jandreyev (O‘zbekiston) – 1300 ochko

-100 kg:
1. Arman Adamyan (Rossiya) – 5210 ochko
13. Muhammadkarim Xurramov – 2381 ochko
18. Muzaffarbek To‘raboyev – 2100 ochko

+100 kg:
1. Tamerlan Bashayev (Rossiya) – 6224 ochko
26. Alisher Yusupov – 1247 ochko
35. Bekmurod Oltiboyev – 912 ochko

Ayollar:
-52 kg:
1. Amandin Bushar (Fransiya) – 5990 ochko
10. Diyora Keldiyorova – 2855 ochko

-70 kg:
1. Barbara Matich (Xorvatiya) – 5578 ochko
10. Gulnoza Matniyazova – 2622 ochko

Text to speech