Pekin-2022: Olimpiadada nechta rekord qayd etildi?
Yakuniga yetgan Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlari o‘rnatilgan Olimpiada va jahon rekordlari bilan yodimizda qoladi. Umuman olganda, Pekinda 2 ta jahon, 17 ta Olimpiya rekordlari qayd etildi. Keling, ularni bir eslab o‘tamiz:
Jahon rekordlari:
Nils van der Pul (Shvetsiya)
Konkida yugurish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 10 000 metr. Natijasi – 12:30.74
Syuzanne Sxyulting (Niderlandiya)
Short-trek bo‘yicha ayollar o‘rtasida 1000 metr. Natijasi – 1:26.514
Olimpiada rekordlari:
Konkida yugurish:
Iren Vyust (Niderlandiya), ayollar 1500 metr. Natijasi – 1:53.28
Iren Sxauten (Niderlandiya), ayollar 3 000 metr. Natijasi – 3:56.93
Iren Sxauten (Niderlandiya), ayollar 5 000 metr. Natijasi – 6:43.51
Kanada ayollar jamoasining pasyut poygasidagi natijasi – 2:53.44
Gao Tinyu (Xitoy), erkaklar 500 metr. Natijasi – 34.32
Keld Nyoys (Niderlandiya), erkaklar 1 500 metr. Natijasi – 1:43.21
Nils van der Pul (Shvetsiya), erkaklar 10 000 metr. Natijasi – 12:30.74
Nils van der Pul (Shvetsiya), erkaklar 5 000 metr. Natijasi – 6:08.84
Rossiya Olimpiya qo‘mitasi erkaklar jamoasining pasyut poygasidagi natijasi – 3:36.62
Takagi Mixo (Yaponiya), ayollar 1 000 metr. Natijasi – 1:13.19
Short-trek:
Syuzanne Sxyulting (Niderlandiya), ayollar 500 metr. Natijasi – 42.379
Syuzanne Sxyulting (Niderlandiya), ayollar 1 000 metr. Natijasi – 1:26.514
Dexun Xvang (Janubiy Koreya), erkaklar 1 000 metr. Natijasi – 1:23.042
Liu Shaolin Sandor (Vengriya), erkaklar 1 500 metr. Natijasi – 2:09.2013
Niderlandiya jamoasining aralash estafetadagi natijasi – 2:36.437
Niderlandiya jamoasining 3 000 metr masofada o‘tgan estafetadagi natijasi – 4:03.409
Choi Minjeong (Janubiy Koreya), ayollar 1 500 metr. Natijasi – 2:16.831