23 Fevral 2022 1737

Stranja-2022: Uch bokschimizda g‘alaba, Olimpiada ishtirokchisi mag‘lubiyatga uchradi

Bolgariyada o‘tayotgan boks bo‘yicha “Stranja” xalqaro musobaqasining navbatdagi kuni ortda qoldi. Afsuski, jamoamizda dastlabki yo‘qotish ro‘y berdi.

Vakillarimizdan Odiljon Aslanov, Madiyar Saidrahimov hamda Abdumalik Xalakov raqiblarini mag‘lub etishni uddalashdi. Afsuski, Tokio-2020 ishtirokchisi Rayhona Qodirova kosovolik raqibasiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib, medallar uchun kurashni erta tark etdi.

-60 kg: Rayhona Qodiova – Sodiku Doneta (Kosovo) 1:4
-80 kg: Odiljon Aslonov – Tamerlan Kaziyev (Rossiya) 3:2
-92 kg: Madiyar Saidrahimov – Robert Marton (Ukraina) 4:1
-57 kg: Abdumalik Xalakov – Adam Hession (Irlandiya) 5:0

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu