22 Fevral 2022 1232

Yosh zamonaviy beshkurashchilarimiz uchun Minsk yig‘ini doirasida ma’naviy tadbir o‘tkazildi

Ma’lum qilganimizdek, shu kunlarda zamonaviy beshkurash bo‘yicha terma jamoamiz Minsk shahrida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda. Yig‘in doirasida sportchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Belarus zamonaviy beshkurash federatsiyasi bilan hamkorlikda poytaxt muzeylari bo‘ylab madaniy tadbir uyushtirildi.

Tashkil etilgan tadbir davomida hamyurtlarimiz Minskdagi tarixiy muzeyda bo‘lishdi. Unda sportchilarimiz muzeyning barcha qavatlarida bo‘lib, ikkinchi jahon urishi davriga oid eksponatlarni tomosha qildilar. Yoshlarimiz o‘sha davrning partizanlik harakatida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Mamadali Topivoldiyevning safdoshlari bilan Belarus o‘rmonlarida ko‘rsatgan jasorati, Sobiq Ittifoq qahramoni unvonini qo‘lga kiritgani haqidagi ma’lumotlarni katta qiziqish bilan tinglashdi.

Shubhasiz, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarimizning ona vatanga bo‘lgan mehrining ortishida, qalblaridagi vatanparvarlik ruhining yanada kamol topishida, buyuk o‘zbek xalqiga hurmat va sadoqat ruhi bilan mamlakatimiz sharafini jahon maydonlarida himoya etishiga yanada undaydi.

Text to speech