Kurashchilarimiz asosiy tarkibda Turkiyadagi xalqaro musobaqaga jo‘nab ketishmoqda
24-27 fevral kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha reyting turniri o‘tkaziladi. Unda dunyoning ko‘plab mamlakati vakillari qatorida hamyurtlarimiz ham ishtirok etishadi.
Butunjahon kurash dunyosi taqvim rejasidan o‘rin olgan ushbu musobaqada terma jamoamiz asosiy tarkib bilan ishtirok etishni rejalashtirgan. Unda Tokio-2020 sovrindori Bekzod Abdurahmonov yangi vazn toifasida ishtirok etadi. Jamoamizning to‘liq tarkibi bilan tanishing:
Erkin kurash:
61 kg: G‘ulomjon Abdullayev
74 kg: Asomiddin Hasanov
65 kg: Umidjon Jalolov
65 kg: Abbos Rahmonov
65 kg: Nodir Rahimov
86 kg: Bekzod Abdurahmonov
97 kg: Muhammadrasul Rahimov
125 kg: Hasanboy Rahimov
Yunon-rum kurashi:
60 kg: Feruz To‘xtayev
63 kg: Islomjon Bahromov
67 kg: Mahmud Baxshilloyev
72 kg: Mirzobek Rahmatov
77 kg: Aram Vardanyan
87 kg: Jalgas Berdimuratov
87 kg: Nurbek Xoshimbekov
97 kg: Rustam Assakalov
97 kg: Abror Nurmuhammedov
130 kg: Mo‘minjon Abdullayev
Ayollar kurashi:
50 kg: Jasmina Immayeva
53 kg: Aktenge Keunimjayeva
57 kg: Shohida Ahmedova
62 kg: Rushana Abdurasulova
68 kg: Azoda Esbergenova
68 kg: Ariuxan Jumabayeva
76 kg: Svetlana Oknazarova
Jamoamiz ertaga Turkiya safariga jo‘nab ketadi.