22 Fevral 2022 1757

Bokschilarimiz Bolgariyada mag‘lubiyatsiz odimlashmoqda

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Sofiya shahrida o‘tkazilayotgan “Stranja-2022” musobaqasida mag‘lubiyatsiz ishtirok etmoqda. Navbatdagi kunda ringga ko‘tarilgan 5 nafar vakilimiz keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishdi.

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov – Skyakko Tomazzo (Italiya) WO
-52 kg: Tursunoy Rahimova – Araylim Marat (Qozog‘iston) 5:0
-57 kg: Sitora Turdiqulova – Anja Savdakassova (Qozog‘iston) 3:2
-63.5 kg: Mujibillo Tursunov – Muhammadsobir Bazarbay uli (Qozog‘iston) 5:0
-67 kg: Jahongir Rahmonov – Misheli Jakomo (Italiya) 5:0

Bugun bo‘lib o‘tadigan navbatdagi saralash bosqichida quyidagi vakillarimiz jang qilishadi:

-60 kg: Rayhona Qodiova – Sodiku Doneta (Kosovo)
-80 kg: Odiljon Aslonov – Tamerlan Kaziyev (Rossiya)
-92 kg: Madiyar Saidrahimov – Robert Marton (Ukraina)
-57 kg: Abdumalik Xalakov – Adam Hession (Irlandiya)

Text to speech