21 Fevral 2022 2046

Yosh stol tennischimiz Belgiyadagi xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi

14-20 fevral kunlari Belgiyaning Spa shahrida stol tennisi bo‘yicha turli yosh toifalarida bolalar va o‘smirlar o‘rtasida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Asel Erkebayeva U-13 toifasida barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Yurtdoshimiz musobaqada Ukraina, Germaniya, Hindiston va finalda fransiyalik raqibalarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu turnir 11, 13, 15, 17 va 19 yosh toifalarida yigitlar va qizlar o‘rtasida tashkil etildi. Unda boshqa yosh toifalarida ham vakillarimiz ishtirok etishdi. Ular sovrindorlar qatoridan joy ololmagan bo‘lsalarda, o‘zlari uchun ulkan tajriba orttirishdi.

Text to speech