FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
20 Fevral 2022 3321

Xie-Xie Beijing!

Pekinda XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari yakunlandi. Murakkab epidemiologik vaziyat bo‘lishiga qaramay, Xitoy hukumati ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Tashkiliy qo‘mita mehmonlarning salomatligini maksimal darajada nazorat qildi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga to‘laligicha erisha oldi. Musobaqaga tashrif buyurgan mehmonlar bir necha kun davomida Xitoy xalqining mehmondo‘stligi, mamlakatning zamonaviy sport inshootlari va eng toza ekologik qishki Olimpiadaga guvoh bo‘lishdi.

Bugun “Qush uyasi” stadionida bo‘lib o‘tgan tantanali yopilish marosimi ham ajoyib sahnalashtirilgan badiiy chiqishlarga boy bo‘ldi. Marosimda so‘zga chiqqan XOQ prezidenti Tomas Bax ham ushbu O‘yinlar insoniyat tarixidagi eng yorqin Olimpiadalardan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi.

An’anaga muvofiq, marosimda XOQ bayrog‘i kelgusi qishki Olimpiada mezboni Italiya davlatiga tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech